Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lum qilishicha, Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha turdagi dori vositalari, jumladan, yo‘talga qarshi «Ambronol» siropi savdosi vaqtincha to‘xtatildi.
Samarqand viloyatida kuzatilgan holatga aloqador bo‘lgan 7 nafar tizim mutasaddisi va tibbiyot xodimi o‘z vazifasidan ozod etilgandi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Sevara Ubaydullayeva shifokorning ishdan bo‘shatilishi sababiga aniqlik kiritdi.
O‘zbekistonda «Dok-1 Maks» dorisi oqibatida 19 nafar bola vafot etgandan so‘ng SSV aholini ommaviy ravishda ushbu dorini sotib olmaslik haqida ogohlantirishni boshladi. Lekin xabarda dori tarkibida zaharli modda — etilenglikol borligi qayd etilmagan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori, «Dok-1 Maks» siropini qabul qilib vafot etgan bolalar haqida birinchi bo‘lib xabar bergan professor Mamatqul Azizov ishdan bo‘shatilganini tasdiqladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting